Shavkat Mirziyoyev: “Neft-gaz kabi sohalarda davlat ishtirokining yuqori ekani investitsiya jalb qilishda toʻsiq boʻlmoqda”
Oʻzbekistonda 603 ta aksiyadorlik jamiyati mavjud boʻlsa, ularning 486tasi davlat ulushiga toʻgʻri keladi. Davlat ulushi 52 trln soʻmni tashkil qilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi vaqtida aytib oʻtdi.
“Energetika neft-gaz, kimyo-transport va bank sohalarida davlat ishtiroki yuqori holatda saqlanib qolayotgani bois bozor mexanizmlari asosida rivojlantirish va investitsiya jalb qilishda katta toʻsiq boʻlib turibdi“, deya gapirib oʻtdi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring