Shavkat Mirziyoyev Xitoyning sobiq Raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan Si Szinpinga taʼziya yoʻlladi
Foto: president.uz
Xitoy Xalq Respublikasining sobiq Raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga taʼziya yoʻlladi.
“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng qamrovli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qoʻshgan Szyan Szeminning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, deyiladi davlatimiz rahbarining maktubida.
Prezidentimiz Si Szinpinga hamda marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring