Shavkat Mirziyoyev Yevrokengash rahbari bilan uchrashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Boku shahrida oʻtayotgan iqlim boʻyicha sammit doirasida Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel bilan uchrashdi.
Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi yangi bitimni tez fursatda qabul qilish, shuningdek, “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring