Shavkat Mirziyoyev ertaga Turkmanistonga boradi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22-avgust kuni “Ozarbayjon - Turkmaniston - O‘zbekiston” formatidagi uch tomonlama sammitda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
“Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan tadbir kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Davlatimiz rahbari sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring