Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi

19:40 30 Mart 2025 Siyosat
298 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 31-mart kuni amaliy tashrif bilan Xoʻjand shahrida boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston yetakchilarining qoʻshma uchrashuvi hamda ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Kun tartibidan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Tadbir yakunida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash koʻzda tutilgan.

Davlat rahbarlari sanʼat ustalarining qoʻshma konsertida ham ishtirok etadilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер