Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan “Markaziy Osiyo - Xitoy” ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga joʻnab ketdi.
Boʻlajak tadbirda koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi.
Davlatimiz rahbari Xitoy Raisi bilan ham muzokara oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring