Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

08:40 17 Sentyabr 2024 Siyosat
350 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 17-sentabr kuni tongda ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.

Shuningdek, yetakchilar Germaniyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер