Shavkat Mirziyoyev "Action Group Holdings" kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvayt shahrida "Action Group Holdings" kompaniyasi rahbari Shayx Muborak as-Sabohni qabul qildi.
1998-yilda tashkil etilgan xolding faoliyati ko‘chmas mulk, neft sanoati, axborot texnologiyalari, logistika, qurilish, ta’lim, konsalting va savdo sohalarini qamrab oladi.
Davlatimiz rahbari "Action Group Holdings" kompaniyasining O‘zbekistonda gidroelektr stansiyalari va ijtimoiy uy-joylar qurish, mineral resurslarni qayta ishlash bo‘yicha rejalarini ma’qulladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring