Sharʼiy nikohdan tugʻilgan farzandga ota oʻz familiyasini bera oladimi?
Diniy nikohdagi turmush oʻrtogʻim bilan farzandli boʻldik. Lekin uning qonuniy nikohi boshqa ayol bilan. Turmush oʻrtogʻim farzandimga oʻz nomini bera oladimi, uning qonuniy xotinining ruxsati talab etilmaydimi? Ushbu savolga Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova javob berdi.
“Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 53-bandiga koʻra:
otalik, bolaning otasi boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganidan qatʼiy nazar, belgilanadi. Otalikni belgilashda uning xotinining roziligi talab etilishi amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmagan», deydi Zokirova.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring