“Shaxsiy hayot bor va soʻz erkinligi bor. Oʻrtadagi chegara qayerdan oʻtgan?”
AOKA press-xolida “Mediada shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish: huquqiy va axloqiy jihatlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev oʻz fikrlarini bildirdi:
— Axborotni yetkazib berish ehtiyoji bilan birgalikda shaxsning haq-huquqlarini himoya qilish talablarini ham bajarish kerak. Tezkorlik bilan birga shaxsga ziyon yetkazmaslik, uning huquqlarini muhofaza qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak.
Chunki bizda shunaqa holatlar boʻlyaptiki, aksariyat hollarda turli axborotni uzatish harakatida bevosita shaxsga doir maʼlumotlar ochiqlanyapti. Bunday holatlar oʻsha shaxsga zarar yetkazyapti. Bizda shaxsga oid maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha qonunda belgilangan talablar bor. Lekin bu talablar bajarilmayapti.
Buning uchun nima qilishimiz kerak? Avvalambor, qonunchilikdagi talablar nimadan iborat? Shaxsiy hayot bor va soʻz erkinligi bor. Oʻrtadagi chegara qayerdan oʻtgan? Qaysi jihatlarga eʼtibor berishimiz kerak?
Shu masalalarga biz sizlar bilan javob topishga harakat qilamiz. Bizga bu masalalarni sharhlashda Adliya vazirligi va uning qoshidagi maxsus Markaz xodimlari yordam berishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring