Shakardan voz kechishning qanday foydasi bor?
Foto: Illustrativ foto
Shakardan voz kechish qiyin, biroq uning miqdorini cheklash organizm uchun juda foydali.
Birinchi kunda: ovqat hazm qilish va ichak faoliyati yaxshilanadi. Asab tizimi barqarorlashadi.
Bir haftada: terining holati tiniqlashadi, uyqu bilan bogʻliq muammolar asta-sekin ortda qoladi. Qonda qand miqdori meʼyorlashib, metabolizm yaxshilanadi. Xotiraning jamlash xususiyati kuchayadi. Agar shu vaqt ichida tana shakar talab qilsa, turli mevalar, asal isteʼmol qilish mumkin.
Bir oyda: shakardan voz kechilgandan bir oy oʻtib, tana ortiqcha vazndan xalos boʻladi. Shakarga tobelik sezilarli darajada kamayadi. Organizmda gormonlar miqdori barqarorlashib, immunitet yaxshilanadi. Tanada yalligʻlanish kamayadi, husnbuzarlar yoʻqoladi. Yuqori qon bosimi meʼyorga tushadi.
Bir yilda: qandli diabet, Alsgeymer kasalligi, semirish, yurak yetishmovchiligi, xotira va nutq buzilishi hamda oʻlim xavfi sezilarli darajada kamayadi. Inson oʻrganib qolish hissidan butkul xalos boʻlib, tarkibida shakar boʻlgan har qanday yeguliklar oʻz-oʻzidan rad etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring