Shahnoza Mamajonova Jahon kubogida oltin medalga sazovor boʻldi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida para oʻq otish boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.
Quvonarlisi, bugun 50 metr masofaga toʻpponchadan otish boʻyicha aralash dasturda ishtirok etgan hamyurtimiz Shahnoza Mamajonova oltin medalga sazovor boʻldi. Kuchli uchlikdan esa Fransiya va Avstraliya sportchilari joy oldi.
Eslatib oʻtamiz, vakilimiz bundan avvalroq ushbu musobaqaning 10 metr masofaga toʻpponchadan otish dasturida kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring