Shaharsozlikdagi muammo va byurokratik toʻsiqlarga qachon barham beriladi?

18:42 14 Avgust 2023 Siyosat
710 0

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida Prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiquvchi partiya va uning fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Tashrif davomida Buxoro shahrini rivojlantirish loyihasini koʻrib chiqish jarayonida Buxoroning tarixiy qismida turizm infratuzilmasini yaxshilash va sayyohlar uchun sharoitlarni kengaytirish lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, Toʻdakoʻl suv omborining gʻarbiy hududi Buxoro viloyatiga oʻtkazilib, dam olish turizmi tashkil etish rejalashtirilgan.

Taʼkidlanganidek, turizm sohasining milliy iqtisodiyotning strategik tarmogʻi sifatidagi oʻrnini kuchaytirish, mamlakatning ijobiy imijini turizm va investitsiya salohiyati, tarixi va madaniyatini dunyoga targʻib qilish orqali oshirish, yurtimizni turizm rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish partiyaning eng asosiy maqsadi hisoblanadi.

Shu bois, yigʻilishda tashrif davomida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, partiya va uning fraksiyasi oldida turgan vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilishda “Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maʼmuriy tartib-taomillarning takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Muhokamalar davomida fraksiya aʼzolari ushbu qonun loyihasining muhimligi, ayni chogʻda zarurligini eʼtiborga olib uni takomillashtirish boʻyicha oʻz fikr-mulohalari, takliflarini bildirishdi. Hujjatdagi ayrim normalar yuzasidan asosli savollar oʻrtaga tashlandi va ularga mutasaddilardan atroflicha javoblar olindi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi arxitektura va qurilishdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish borasida amaliyotda kuzatilayotgan mavjud muammolar, normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер