Shaharsozlik sohasidagi ayrim mutaxassislarni sertifikatlash tizimi joriy etiladi
Shaharsozlik sohasidagi quyidagi toifa mutaxassislarni ularning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha har 3 yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etiladi:
loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yoʻnalishlar boʻyicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar;
loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari;
pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring