Shahar va tumanlar ham “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratildi

21:50 09 May 2020 Jamiyat
1937 0

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining axboroti eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sogʻayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda respublika hududlari joriy yilning 11-mayidan eʼtiboran tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratiladi. Bunda:

“sariq” va “qizil” toifadagi viloyatlarda koronavirus infeksiyasi umuman aniqlanmagan tumanlar (shaharlar) “yashil” toifaga kiritiladi;

“yashil” yoki “sariq” toifadagi viloyatning biror-bir tumanida (shahrida) koronavirus infeksiyasi aniqlanadigan boʻlsa, butun viloyatning toifasini oʻzgartirmagan holda tegishli tumanning (shaharning) oʻzi “qizil” toifaga oʻtkaziladi.

Toshkent shahrini “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oshirilishi mumkin.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining har bir tuman (shahar) kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sogʻayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda, tuman (shahar)larning toifasini oʻzgartirish yuzasidan doimiy ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taklif kiritib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер