Shahar favvoralarida choʻmilish mumkinmi?
Foto: “Xalq soʻzi”
Yoz boshlanishi bilan shaharlarimizning odamlar gavjum joylarida favvoralar ishlay boshlaydi. Jazirama issiqda ular beradigan salqinlik va qulaylik juda yoqimli va ajoyib, lekin bu favvoralar suvida choʻmilish mumkinmi?
Masalan, shahar markazida chiroyli favvora mavjud. U tozalanadi, yuviladi va toza ichimlik suvi quyiladi. Bu suv bir necha hafta davomida yopiq siklda aylanadi. Hech qanday xavf yoʻqdek tuyuladi. Lekin favvoraning toza boʻlib tuyulishini butunlay inkor etadigan bitta holat mavjud — u ochiq osmon ostida, va barcha tirik mavjudotlar va shamol uchun ochiqdir. Masalan favvora ustidan bir qush uchib oʻtdi va u axlatini suvga tushirdi. Qarabsizki suvda gelmint lichinkalari koʻpayishni boshlaydi.
Keyin yaqin atrofda yugurib yurgan kuchukcha suv ichdi va choʻmilib oldi, yana gelmint tuxumlari qoʻshildi. Shu sababli favvoralarda choʻmilgan odam turli ichak va teri kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin.
Favvoralar suvi basseynlar suvi kabi zararsizlantirilmaydi. Yana bir jihati choʻmilayotgan odam favvoraning silliq tubida sirpanib yiqilib tushishi mumkin, suvning tubida esa qattiq shikast yetkazishi mumkin boʻlgan oʻtkir, qirrali moslamalar joylashgan boʻladi.
Shunday qilib, favvoralar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshish va salqinlik berish uchun qurilgan meʼmoriy va dekorativ element boʻlib, ularning suvi ichish yoki choʻmilish uchun moʻljallanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring