Seuldan uchgan samolyotdagi yoʻlovchilar Toshkent aeroportida karantinga olindi
Koronovirusning Oʻzbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida bugun Seuldan kelgan HY514 reysi yoʻlovchilari Toshkent aeroportining xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airways kompaniyasi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar oʻtkazilgandan soʻng va SARS belgilari yoʻqligi tasdiqlangandan soʻng yoʻlovchilar karantin xonasidan chiqib ketishlariga ruxsat beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring