Server Jeparov “Lokomotiv” futbol klubi direktori etib tayinlandi
Foto: Illustrativ foto
Server Jeparov “Lokomotiv” PFK sport direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Server Jeparov yosh va iqtidorli mutaxassislardan biri, oʻz vaqtida (2008, 2011) Osiyoning ikki karra “Eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan. 2016-yil jamoamiz safida harakat qilib, “Lokomotiv”ning Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar yetib borishida munosib hissa qoʻshgan.
Shuningdek, S. Jeparov “Lokomotiv” futbol maktabida ham ish faoliyatini yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring