Sergeli tumanidagi elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarning bir qismi bartaraf etildi

19:24 16 Dekabr 2023 Jamiyat
468 0

Xususan, soat 17:54 da Qumariq, Qubaytepa, Nomdanak, Kengmakon, Izzatli mahallalarining ayrim joylarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi tarmoqdagi nosozlik bartaraf etildi va ushbu hududdagi isteʼmolchilarning elektr taʼminoti qayta tiklandi.

Shu bilan bir qatorda, tumanning Koʻhna Qumariq, Ziyolilar, Xonobodtepa va Eski Jaloyir mahallalarining elektr taʼminoti bilan bogʻliq nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер