Sergeli tumanidagi binoda yongʻin chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani hududida joylashgan binoda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 18-fevral kuni soat 18:11 da “112” tizimi orqali Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga Sergeli tumani “Saʼdiy” koʻchasida joylashgan odam yashamaydigan binoda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan FVBB xodimlari voqea joyiga yetib borgan hamda yongʻin tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Yongʻin oqibatida jarohat olganlar aniqlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring