Sergeli tumanida yana yongʻin yuz berdi
Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan doʻkonlardan birida yongʻin yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 15-may kuni soat 10:15 da Toshkent shahri Sergeli-3 dahasi Qipchoq koʻchasida joylashgan “Havas” doʻkoning tom qismida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 10:21 da yongʻinga yetib borib, soat 11:00 da alangani qurshab olgan va 11:04 da toʻliq bartaraf etgan.
Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.

Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 14-may kuni ham poytaxtning Sergeli tumanida yirik yongʻin yuz bergan edi. Nilufar koʻchasida joylashgan omborxona yonib ketgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring