Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
Mamlakatimizda Navroʻz bayrami arafasida umumxalq hashari eʼlon qilinib, barcha hududlarda keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish, hududlarni tozalash va koʻkalamzorlashtirish, bogʻ va xiyobonlar barpo etish ishlari jadal tashkil etilmoqda. Shuningdek, “Men ham koʻchat ekaman” aksiyasi hamda umumxalq hasharlari orqali aholining tabiatga ehtiyotkorona munosabatini kuchaytirish, ekologik madaniyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 14-mart kuni Bektemir tumani hududida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida poytaxt hokimligi tomonidan tashkil etilgan umumxalq hashari doirasida daraxt ekish aksiyasi oʻtkazildi. Unda senatorlar hamda Senat devoni xodimlari faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida hudud atrofi tozalanib, obodonlashtirildi. Shuningdek, 4 gektardan ortiq maydonga qariyb 2 ming tup manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Jumladan, Eldor qaragʻayi, shumtol, sovun daraxti, lola daraxti kabi manzarali daraxtlar ekilib, poytaxt atrofida “yashil belbogʻ” barpo etishga hissa qoʻshildi.
Bunday tadbirlar atrof muhitni muhofaza qilish, shahar ekologiyasini yaxshilash hamda kelgusi avlodlar uchun sogʻlom tabiiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va jamoatchilik vakillari ishtirokida umumxalq hasharlari, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish hamda koʻchat ekish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Bunday tashabbuslar yurtimizni yanada obod va goʻzal qilish, tabiatni asrab-avaylash hamda jamiyatda oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Umumiy mukofot jamgʻarmasi 700 ming yevro boʻlgan shaxmat turniri yakunlandi
- Oʻzbekistonda steyblkoinlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish mumkin boʻladi
- Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
- Prezident uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Eron mamlakat rahbariyatining oʻldirilishi uchun AQSH va Isroilni javobgarlikka tortmoqchi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring