Senatorlar tomonidan joylarda navbatdagi yalpi majlisda maʼqullangan qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

16:36 13 Fevral 2026 Siyosat
522 0

Senatning oʻn uchinchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar va muhokama qilingan masalalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida senatorlar hududlarda uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

Jumladan, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Kutbiddin Burxanov xizmat safari bilan Andijon viloyatida boʻlib, xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar Kengashlari deputatlari bilan muloqot oʻtkazdi.

Tadbir davomida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga doir qator masalalar muhokama qilindi.

Senator oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, sportni ommalashtirish, shaxsga doir maʼlumotlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, ahamiyati xususida soʻz yuritdi.

Bundan tashqari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar Kengashlari doimiy komissiyalari aʼzolari uchun oʻquv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sifatini yaxshilash, ayniqsa aholini qiynayotgan muammolarni chuqur oʻrganish hamda ularning yechimini topishda deputatlik soʻrovidan keng va maqsadli foydalanishning ijobiy jihatlari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер