Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi
Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rahmonqulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich 74 yoshida vafot etdi.
Mir-Akbar Xodji-Akbarovich Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari, Xavfsizlik kengashi kotibi, Davlat maslahatchisi sifatida ham ishlagan.
Yuridik fanlari doktori, professor Mir-Akbar Xodji-Akbarovich 1998-yilda “II darajali Shon-sharaf” ordeni, 2002-yilda “Oʻzbekistonda Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.
“Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Umumiy mukofot jamgʻarmasi 700 ming yevro boʻlgan shaxmat turniri yakunlandi
- Oʻzbekistonda steyblkoinlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish mumkin boʻladi
- Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
- Prezident uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Eron mamlakat rahbariyatining oʻldirilishi uchun AQSH va Isroilni javobgarlikka tortmoqchi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring