Senator maktab tibbiyot xonasidan qoniqmadi
Senatning fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari hamda yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonun talablarining Toshkent viloyatida ijro etilishi holati oʻrganilmoqda.
Senatorlarning navbatdagi tashrifi manzili Quyi Chirchiq tumanidagi 41-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boʻldi. Taʼlim muassasasi bilan tanishish jarayonida undagi tibbiyot xonasidagi sharoitlar, maktab hamshirasining reproduktiv salomatlikni saqlashga oid tibbiy bilim darajasi qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi.
Oʻrganish davomida maktabdagi tibbiy vaziyatni yaxshilash, maktab hamshirasining bilim va malakasini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, oʻquvchilar bilan “tengdosh – tengdoshga” tamoyili asosida ishlarni tashkil etish, tibbiy koʻrik davomida bolalarda aniqlangan kasalliklarni bartaraf etish va ularni davomli sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

.jpg)

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring