Senatda UNAIDS mintaqaviy direktori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

21:12 17 Mart 2026 Siyosat
339 0

2025-yil 17-mart kuni Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Gulnora Marufova BMTning OIV/OITS boʻyicha Birlashgan dasturi (UNAIDS)ning mintaqaviy direktori Imonn Merfi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida UNAIDSning jahon miqyosida OIV infeksiyasi yangi holatlarining oldini olish, OIVga chalingan shaxslar uchun davolash, parvarishlash va qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini kengaytirish, shuningdek, epidemiyaning ijtimoiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan faoliyati alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, UNAIDSning Oʻzbekistondagi faoliyati doirasida milliy sogʻliqni saqlash tizimi salohiyatini mustahkamlash, OITSga qarshi kurashish dasturlarini monitoring qilish va baholashni takomillashtirish, hamda texnik va moliyaviy resurslarni jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar qayd etildi.

Imonn Merfi Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash, inklyuziv qonunchilikni rivojlantirish, milliy qonunchilikni xalqaro majburiyatlar bilan uygʻunlashtirish, shuningdek, ijtimoiy himoya, jamoat salomatligi va gender tenglikni taʼminlash sohalarida erishilayotgan yutuqlarni yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?