Senatda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv oʻtkazildi
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Agzamxodjayev Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Koreya strategik munosabatlarining hozirgi holati va ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda boʻlajak Oʻzbekiston-Koreya parlamentlararo uchrashuvlariga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori darajada oʻtkazish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring