Senatda YXHT DIIHB direktori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 14-noyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi R. Alimov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (YXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot chogʻida tomonlar Oʻzbekiston bilan YXHT oʻrtasida soʻnggi yillarda oʻrnatilgan ochiq va ishonchli muloqotni mamnuniyat bilan qayd etdilar, shuningdek, oʻzaro manfaatli sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Matteo Mekachchi mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini, jamiyatni isloh qilishda mamlakat parlamentining roli ortib borayotganini qayd etdi. U Byuro Oʻzbekistonda parlamentarizm va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga har tomonlama hissa qoʻshishga tayyorligini bildirdi. Respublika saylov qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha qator tavsiyalar berdi.
DIIHB direktori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining YXHT PA faoliyatida faol ishtirok etishi muhimligini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar yaqin muloqotni va hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring