Senat Raisi YUNISEFning mintaqaviy direktori bilan uchrashdi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joriy yilning 16-noyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Afshan Xan xonim bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Oʻzbekistoning YUNISEF bilan hamkorligining istiqbollari, xususan, bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning salomatligini muhofazalash va sifatli taʼlim-tarbiya olish borasida keng koʻlamli dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Senat Raisi mazkur uchrashuv Oʻzbekiston va YUNISEF oʻrtasida oʻrnatilgan konstruktiv hamkorlikning mantiqiy davomi ekanini taʼkidlab, Oʻzbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning salomatligini muhofaza qilish va sifatli taʼlim-tarbiya olish borasida keng koʻlamli dasturlarni amalga oshirishda Jamgʻarmaning BMT tizimidagi salmoqli oʻrnini eʼtirof etdi.
Oʻz navbatida, Afshan Xan Toshkentda oʻtkazilgan Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishga bagʻishlangan II Butunjahon konferensiyasi har tomonlama samarali oʻtgani, Oʻzbekistonda mazkur sohada davlat rahbari darajasida qaratilayotgan eʼtibor tufayli salmoqli yutuq va marralarga erishilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va YUNISEF oʻrtasida oʻzaro manfaatli qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirishda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring