Senat Raisi MDH davlatlarining gumanitar hamkorlik boʻyicha davlatlararo jamgʻarmasi boshqaruvi vakillari bilan uchrashdi

19:56 13 Dekabr 2022 Siyosat
890 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Joriy yilning 13-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ijodiy va ilmiy ziyolilarining XV forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan MDH davlatlarining gumanitar hamkorlik boʻyicha davlatlararo jamgʻarmasi boshqaruvi raisi, Ozarbayjon Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Poʻlad Bulbul oʻgʻli boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, MDH jamgʻarmasi 2006-yil 25-maydagi Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston tomonidan imzolangan Bitimga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, davlatlararo notijorat tashkilot hisoblanadi.

Uchrashuvda Oʻzbekistoning mazkur jamgʻarma bilan hamkorlik istiqbollari xususan, madaniyat, fan, taʼlim va boshqa gumanitar sohalarda koʻp tomonlama aloqalarni mustahkamlash, mazkur yoʻnalishdagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Senat raisi T.Narbayeva xalqlarimiz manfaatlari yoʻlida madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun MDH davlatlararo tuzilmalari, birinchi navbatda, Davlatlararo jamgʻarma imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.

Jamgʻarmasi boshqaruvi raisi, P.Bulbul oʻgʻli Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻxtalib, tashrif davomida barcha sohalarda jumladan, madaniy-gumanitar yoʻnalishda keskin oʻzgarishlarga guvoh boʻlgani, bu albatta Prezident Shavkat Mirziyoyevning ilm-fan, madaniyat va yoshlar masalalariga katta eʼtibor berayotganidan dalolat ekanini alohida qayd etdi.

Suhbat chogʻida MDH aʼzo mamlakatlari akademik doiralari oʻrtasida doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер