Senat oʻz faoliyatini yangi binoda davom ettiradi
Oliy Majlis Senati devoni xodimlari ikki kun davomida yangi binoga toʻliq koʻchib oʻtishdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati maʼlum qildi.
Oʻzlariga kerak boʻladigan barcha anjomlarni keltirib, yangi ish haftasiga hozirlik koʻrib qoʻydilar.
Senat ertadan, yaʼni 20-dekabrdan boshlab oʻz faoliyatini yangi binoda davom ettiradi. Shu kunlarda ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar uchun Senatning yangi binosiga press-tur tashkil etish ham reja qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring