Saudiya Arabistoni podsholigi Vaqf fondiga 20 000 nusxada Qurʼoni karim hadya qildi
6-may kuni Saudiya Arabistoni podsholiging mamlakatimizdagi elchixonasi vakillari hamda Vaqf xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo qori Ubaydulloh oʻgʻli bilan Toshkentdagi “Hazrati Imom” majmuasidagi “Moʻyi muborak” muzeyida samimiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda fond axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, tadbir davomida elchixona vakillari Saudiya Arabistonida chop etilgan Qurʼoni karimning 20 000 nusxasini Vaqf xayriya jamoat fondiga begʻaraz taqdim etdi.Tadbir soʻngida fond rahbari Yahyo qori Ubaydulloh oʻgʻli mehmonlarga chuqur minnatdorlik izhor etib, bu kabi xayriyalarda hamkorlik qilishdan mamnun ekanligi bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring