Saudiya Arabistoni AQSHdan Hoʻrmuz boʻgʻozi blokadasidan voz kechishni talab qilmoqda

20:42 14 Aprel 2026 Dunyo
295 0

Saudiya Arabistoni AQSHdan Hoʻrmuz boʻgʻozi blokadasidan voz kechishni va Eron bilan muzokaralar stoliga qaytishni talab qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Saudiya Arabistoni rasmiylari Vashingtonning harakatlari Yaqin Sharqda nizoning avj olishiga (eskalatsiyaga) olib kelishidan xavotirda.

Shuningdek, Yamanning isyonchi “Ansar Alloh” harakati (husiylar) bunga javoban Qizil dengizni Arab dengizining Adan qoʻltigʻi bilan bogʻlovchi va qirollik neft eksporti yoʻlidagi muhim nuqta hisoblanuvchi Bob al-Mandab boʻgʻozini toʻsib qoʻyishi mumkinligidan xavfsirashmoqda.

WSJ nashrining yozishicha, husiylar Saudiya Arabistoni hududi va kemalariga hujum qilmaslikka vaʼda berishgan. Biroq hukumat vaziyat beqarorligicha qolayotganini taʼkidlamoqda. Husiylar Bob al-Mandab boʻgʻozidan oʻtish uchun haq undirishni boshlashi ham istisno etilmayapti.

Maʼlumotlarga koʻra, Fors koʻrfazi davlatlari Hoʻrmuz boʻgʻozi Eron nazorati ostida qolishini istamaydi. Shu bilan birga, koʻplab davlatlar AQSHdan boʻgʻoz masalasini muzokaralar yoʻli bilan hal qilishni talab qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер