Sardor Umurzoqov Iordaniya Podshohi bilan uchrashdi
Prezidentning strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi Sardor Umurzoqov Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda, shuningdek, podshohning diniy va madaniy masalalar boʻyicha bosh maslahatchisi va shaxsiy vakili hisoblangan shahzoda Gʻozi bin Muhammad ham ishtirok etdi. Suhbat chogʻida mintaqadagi, xususan, Gʻazo, Gʻarbiy Sohil va Quddusdagi soʻnggi vaziyat muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Sardor Umurzoqovning Iordaniyaning qator rasmiy shaxslari bilan ham uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring