Saraton paydo boʻlishini toʻrt yil oldin aniqlay oladigan test yaratildi
Illyustrativ surat
AQSH va Xitoy olimlari birinchi alomatlar paydo boʻlishidan toʻrt yil oldin qon tahlilidan foydalanib saratonning besh shaklini aniqlay oladigan test tahlilini ishlab chiqishdi.
“Nature Communications” jurnalining yozishicha, “PanSeer” nomlangan ushbu test yordamida oshqozon, qiziloʻngach, oʻpka va jigar va kolorektal saraton (toʻgʻri ichak saratoni)ini erta bosqichlarda aniqlash mumkin.
Xitoyning Fudan universiteti mutaxassislari ushbu usulni yaratish uchun 2007-yildan 2017-yil davomida tadqiqot oʻtkazilgan. Ular 120 mingdan ortiq kishining qon namunalarini oʻrganib borishgan. Oʻn yil davomida barcha ishtirokchilar muntazam ravishda qon tahlilini oʻtkazilgan va 1,6 milliondan ortiq namunalar yigʻilgan va oʻrganilgan.
Bu amaliyot olimlarga qondagi saraton kasalligining erta rivojlanish belgilarini aniqlashga va ular asosida test ishlab chiqishga imkon bergan.
Natijada, yangi usul faqat bir yildan toʻrt yilgacha tashxis qoʻyilgan odamlarning 91 foizida saraton kasalligini aniqlagan.
Mualliflarning taʼkidlashicha, “PanSeer” onkologiyani dastlabki bosqichlarda aniqlash uchun samarali hisoblanib, bu muvaffaqiyatli davolash uchun juda muhimdir.
“Maqsad — har yili tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida muntazam ravishda qon tekshiruvi uchun testdan foydalanish”, deydi Kaliforniya universiteti professori Kun Chjan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring