Saraton oʻsimtasini toʻxtatadigan choy

12:10 05 Fevral 2019 Jamiyat
1713 0

Foto: o-chae.com

Yapon koʻk choyi(matcha choyi) ekstraktining past konsentratsiyasi koʻkrak saratoni hujayralari tarqalishini toʻxtatadi.

Buyuk Britaniyadagi Selford universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. Ularning tasdiqlashicha, choy muayyan saraton hujayralari metastazasi(tarqalishi)ni toʻxtatishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar, xususan rapamitsinning oʻrnini bosar ekan.

Ushbu ichimlik oksidlangan mitoxondrial metabolizm jarayonini bartaraf etadi. Yaʼni hujayralarga rivojlanish uchun “yonilgʻi” bermaydi, aksincha ularni nofaol va oʻlik holatga keltiradi.

Olimlar ushbu choyning shifobaxsh xususiyatlarini oʻrganish hali yakuniga yetmaganini qoʻshimcha qilishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер