Sanoat qoʻmitasi vazifalari nimalardan iborat?

12:14 05 Fevral 2019 Jamiyat
1835 0

Illyustrativ foto

Hukumat qarori bilan Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Nizomga muvofiq Qoʻmita atom energetikasi va yadro texnologiyalari, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi, radiatsiya va yadro xavfsizligini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:

Qoʻmita markaziy apparati;

viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;

Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi;

Angren kon-texnika inspeksiyasi;

Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi;

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi;

“Sanoat xavfsizligi” DUK;

“Kontexnazoratoʻquv” DUK;

“Sanoat nazorati laboratoriyasi” DUK.

Hududiy boshqarmalar hokimliklardan mustaqildir.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi xodimlariga ularning vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarishni yuklash taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер