Sanitayzer-dispenserlar nima, u qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

14:34 18 Sentyabr 2020 Jamiyat
1967 0

Sanitayzer-dispenserlar nima, u qanday maqsadlarda qoʻllaniladi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov javob berdi.

"Sanitayzer-dispenser qoʻllarni zararsizlantirish uchun ishlatiladigan antiseptik-dezinfeksiya vositasi boʻlib, qoʻl yuvish uchun sovun va suv boʻlmaydigan joylarda elementar qoʻl gigiyenasiga rioya etish uchun moʻljallangan moslamadir.

 Boshqa sanitayzerlardan farqi sensorlik boʻlib, qoʻl uning ichiga kiritilishi bilan dezinfeksion vositalarni katta bosimda qoʻlingizga sepadi.

Sanitayzerlar suyuq eritma, gel va koʻpik koʻrinishida boʻladi, taʼsir etuvchi vositasi spirt (izoprapanol, etanol, propanol) yoki povidon yod hisoblanadi. Shuningdek, qoʻl terisini yumshatish uchun ularning tarkibida glitserin, oʻsimliklarning efir moylari boʻlishi mumkin. 

Tarkibida spirt saqlovchi antiseptiklar mikroorganizmlarni yoʻqotishda eng samarali vosita boʻlib hisoblanadi.

JSST sanitayzer-dispenserlardan foydalanishda masofadan haroratni oʻlchash, bino va inshootlarning kiraverishida niqob tarqatish masalalarini ham tavsiya qilmoqda", deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер