Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish markaziy shtabi maʼlumoti
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020-yilning 16-fevral kuni olingan rasmiy maʼlumotlarga koʻra dunyo boʻyicha 69 268 nafar, Xitoy Xalq Respublikasida 68 584 nafar shaxslar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib, kunlik oʻsish 2 008 nafarni (3.0%) tashkil etmoqda. Kasallanganlarning 11 272 nafari ogʻir ahvolda boʻlib, 1 666 nafari ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari dunyoning 25 ta davlatida 684 nafar fuqaroda qayd etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasiga qarshi profilaktik tadbirlar xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda.
Koronavirus infeksiyasi tashxisi tashkil etish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Rospotrebnadzor xizmati taqdim etgan koronavirus diagnostikumi olib kelinib markaziy va hududiy virusologik laboratoriyalarga taqsimlab berildi. Bugungi kunda barcha hududiy laboratoriyalarda PSR yordamida koronavirusga tekshirish yoʻlga qoʻyildi.
Maʼlumot uchun. Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy davlatlardan 26 ta reys orqali 4 186 nafar, temir yoʻllar orqali 5 ta poyezdda jami 958 nafar shaxs, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 1 828 ta avtotransportning egalari va 33 937 nafar yoʻlovchi shaxs termometriyadan oʻtkazildi.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlari davomida epidemiologik koʻrsatmaga asosan joriy yilning 15-fevraliga qadar jami
1 352 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi va koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi.
Maʼlumot uchun. Joriy yilning 14-15-fevral kunlari maxsus muassasalarga joylashtirilgan fuqarolar va ularga xizmat koʻrsatuvchi ishchi-xodimlardan jami 389 ta qayta laboratoriya tahlili uchun namuna olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni maʼlum qiladiki, joriy yilning 16-fevral holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.
Maʼlumot uchun. koronavirus infeksiyasi boʻyicha rasmiy maʼlumotlarni olish hamda oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan shtabga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi
koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring