“Sanʼatni xalqqa yaqinlashtirish” dasturi doirasida hududlarda muzeylarning koʻchma koʻrgazmalari tashkil qilinadi
Foto: president.uz
Prezident raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident viloyat hokimlariga bir oy muddatda 52 ta taʼmirtalab muzeylarga shaxsan borib, ularning muammolarini hal qilishga koʻrsatma berdi.
Toshkent shahar hokimiga 1-oktyabrga qadar xorijdan jalb qilingan malakali ekspertlar bilan birga Temuriylar tarixi, Oʻzbekiston tarixi hamda Tabiat muzeylarining ekspozitsiyasini zamon talablariga asosan yangilash boʻyicha ishlarni boshlash topshirildi.
Bu tajriba asosida respublikadagi boshqa muzeylar ham yangilanadi.
Hozirda muzeylardagi 105 ming dona eksponat restavratsiyaga muhtojligi qayd etildi. Yil yakuniga qadar muzey binolarini taʼmirlash hamda ashyolarni restavratsiya qilish uchun muzeylarda 15 ta restavratsiya laboratoriyasini tashkil qilinadi.
Shu bilan birga, muzeylarning koʻrgazma maydonlari kamligi sababli atigi 1 foiz (143 mingta) eksponat namoyishga qoʻyilgan.
Bundan tashqari, barchaning ham Saviskiy kabi muzeylarga borish imkoniyati yoʻq.
Shu munosabat bilan “Sanʼatni xalqqa yaqinlashtirish” dasturi doirasida hududlarda muzeylarning koʻchma koʻrgazmalari tashkil qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring