“Samsung” ekrani uch marta buklanadigan telefon ishlab chiqarishi mumkin
Korporatsiya yigʻma smartfonlar uchun maxsus akkumulyatorga patent oldi. Bu haqda “Neowin” nashri xabar bergan.
Tarmoqda paydo boʻlgan hujjat uchta qismdan iborat boʻlgan yigʻma smartfonlarga joylashtirish uchun mos keladigan qurilmani tavsiflaydi.
Ushbu patent “Samsung”ning ekrani uch buklanadigan telefonni ishlab chiqarish haqidagi rejalari rostligini tasdiqlaydi.

Batareya bitta yacheykaga ega va uchta qismdan iborat. Aniqlik kiritilishicha, bunday akkumulyator shikastlanmasdan koʻp marta taxlanishi mumkin.
Bundan tashqari, maxsus akkumulyator qurilmani ogʻirlashtirmaydi hamda uning yupqa va yengil boʻlishiga imkon beradi.
Ommaviy axborot vositalarining taʼkidlashicha, “Samsung” yigʻma smartfonlar bozorida yetakchilardan biri boʻlib, oʻz gadjetlari uchun yangi shakl omillarini qidirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring