SamDU va Anqara Boyazid Yildirim universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Foto: Shavkat AKRAMOV
Samarqand davlat universiteti (SamDU)ga Anqara Boyazid Yildirim universiteti rektori, professor Ali Cyengiz Koʻseogʻlu boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.
Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
SamDU Axborot xizmati xabariga koʻra, muloqotda tomonlar oʻrtasida hamkorlikning yangi ufqlari muhokama qilindi. Muhandislik fizikasi, huquqshunoslik, tabiiy va aniq fanlar boʻyicha professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyishga kelishildi. Uchrashuv soʻngida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring