Samarqandning Ohalik mavzesida «Doʻstlik bogʻi» barpo etilmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda koʻkalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar koʻrilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining «Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni doirasida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amaliyotga tatbiq etish jarayoni izchillik kasb etayotir.

Mazkur Farmon ijrosi doirasida, xususan, «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish ishlarida faol qatnashish maqsadida kuni kecha Samarqand xalqaro texnologiya universiteti tashabbusi bilan “Enter Engineering” kompaniyasi, Sanoat-energetika guruhi (SEG) va «Ovozi Samarqand», «Samarkandskiy vestnik» jamoalari vakillari tomonidan Zarafshon togʻ tizmalari boʻyidagi «Ohalik» mavzesida ekologik tadbir oʻtkazildi. «Samarqandni asrash» shiori ostida oʻtgan tadbir davomida hudud iqlimiga mos pista, bodom, yongʻoq va boshqa turli mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Yangi barpo etilayotgan mazkur boqqa «Doʻstlik bogʻi» deb nom berildi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, «Xalq soʻzi».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring