Samarqandlik oʻquvchilar maktablaridagi farrosh opalariga kutilmagan sovgʻa tayyorlashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda ishlovchi farrosh ayolning tavallud kunini oʻquvchilar tomonidan nishonlanayotganligi aks etgan video tasvirlar tarqaldi.
Aniqlanishicha, bu Samarqand shahridagi 34-umumtaʼlim maktabida 19-noyabr kuni katta tanaffus paytida yuz bergan. Maktab farroshi Maqsuda opa Qambarova 20-noyabr kuni tavallud topgan. U ushbu taʼlim muasasasida faoliyat koʻrsatib, maktab jamoasi va oʻquvchilar mehrini qozongan. 20-noyabr yakshanba kuniga toʻgʻri kelganligi sababli maktabning yuqori sinf oʻquvchilari bir kun oldin Maqsuda opaga minnatdorlik tarzida tavallud kuni bilan tabriklashga qaror qilishgan.
Oʻquvchilarning bu harakatlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan olqishlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring