Samarqanddagi OTMda masofaviy taʼlim muddati uzaytirildi
Respublikamizda Covid-19 koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat yomonligi sababli oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari masofaviy shaklga oʻtkazilgani xabar qilingan edi.
Bugungi kunda Samarqand shahri boʻyicha epidemiologik vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Shu sababli Samarqand shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi yigʻilishi bayoniga asosan, shahardagi oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari joriy yilning 25-may kuniga qadar masofaviy tarzda davom ettiriladi.
Eslatib oʻtamiz: Samarqand shahar hududida infeksiyani yuqtirib olish koʻrsatkichi bir necha barobar oshib borayotganligi sababli taʼlim muassasalarida 14 kunlik yangi karantin davri joriy etilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring