Samarqanddagi novvoyxonada 402 million soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Samarqand shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va Oʻzenergoinspeksiya ishtirokida Samarqand shahrida nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.
Tekshiruv davomida shaharning “Rasadxona” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro S.K. oʻz yashash manzilida novvoyxona tashkil qilib, hisoblagichsiz, tarmoqqa rezina shlang orqali toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 402 million 360 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring