Samarqanddagi muzeylarga oʻta noyob qadimiy eksponatlar sotib olindi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022-yil 27-iyuldagi qaroriga muvofiq, Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasiga 500 million soʻm mablagʻ ajratildi.
Ushbu mablagʻ hisobidan miloddan avvalgi II asr va milodiy XIV asrga taalluqli 41 dona bronza oyna kolleksiyasi, XI asrga tegishli, asosan Qoraxoniy Ibrohim ibn Nasrning 180 dona kumush tangalari kolleksiyasi, Chigʻatoy xonlari (Bayonqulixon va Tarmashirin)ning 236 dona dinor va dirhamlari, oʻndan ortiq rang-tasvir asarlari, tarixiy liboslar, kashta, fotoapparat, uy-roʻzgʻor buyumlari, ipak gilamlar, zargarlik mahsulotlari, jami 600 ga yaqin tarixiy va badiiy qimmatga ega ashyolar xarid qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring