Samarqanddagi institut hududida ham yongʻin yuz berdi
Foto: Videodan kadr
Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish instituti hududida yongʻin yuz berdi. Viloyat FVB hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, kecha, 1-oktyabr kuni soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor koʻchasida joylashgan Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish instituti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida viloyat FVB ga xabar berilgan.
Shunga koʻra, hodisa joyiga 6 ta yongʻin qutqaruv ekipajlari jalb qilingan. Guruh voqea joyiga soat 23:54 da yetib borib, soat 00:30 da yongʻinni toʻliq bartaraf etgan.
Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida eski qurilish mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa tufayli jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.
“Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yongʻinning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring