Samarqandda yuk mashinasi koʻprikdan tushib ketdi

13:30 28 Iyul 2022 Jamiyat
1389 0

Foto: Xalq so‘zi

Bu haqida Samarqand viloyat IIB xabar qilmoqda. Maʼlum boʻlishicha, bugun soat 11:40lar atrofida Samarqand shahrining Boʻstonsaroy va Rudakiy koʻchalari kesishgan chorrahada harakatlanib kelayotgan “ZIL” rusumli transport vositasi haydovchisi M.Ch. rul boshqaruvini yoʻqotib, shu chorrahadagi koʻprikdan pastga tushib ketgan.

Haydovchi shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan va shifokor yordami koʻrsatilgan. Hozirda haydovchining ahvoli yaxshi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер