Samarqandda yuk mashinasi 159 diametrli gaz quvurini urib ketdi
Foto: “Hududgaztaʼminot” AJ
Samarqand shahri Sartepo massivida yuk mashinasi 159 diametrli gaz quvurini urib ketdi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 14-may kuni soat 20:30 lar atrofida Samarqand shahar Sartepo massivida yuk avtomashinasi 159 diametrli gaz quvurini urib ketgan.
Shu sababli Saʼdiy Sheroziy, Guliston, Hofiz Sheroziy, Botir Zokirov, Xoʻjasoat, Yangiqoʻrgʻon hamda Shodlik mahallalarida 15-may kuni soat 18:00 gacha tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring